Вторник, 14 Апрель 2015 10:08

Maqasad va vazifalari

Автор 
Оцените материал
(0 голосов)

 

IF faoliyatining maqsadi o'z pul mablag'lari xisobiga aktsiyadorlik jamiyatlar aktsiyalarini sotib olish xisoblanadi.

IF faoliyatining turlari quyidagilar xisoblanadi:

-o'z pul mablag'larini aktsiyadorlik jamiyatlar qimmatli kog'ozlariga va davlat mulki negizida tashkil qilingan xo'jalik jamiyatlari ulushlari (paylari)ga investitsiyalash;

-qimmatli kog'ozlar oldi-sotdisi;

-o'zi egalik qiluvchi aktsiyalar miqdorida aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirishda aktsiyador sifatida qatnashish; 

IF  faoliyatini boshqa faoliyat turi bilan birga olib borishiga yo'l qo'yilmaydi.

IF o'z faoliyatini qimmatli kog'ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi tomonidan (keyinchalik matnda «Markaz») tegishli Litsenziyani olgandan so'ng amalga oshirishi mumkin.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifa va funksiyalari hisoblanadi:
  • respublikada qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
  • Markaz tomonidan ro'yhatdan o'tkazilgan qimmatli qog’ozlar chiqarilishi, qimmatli qog’ozlar bozori tuzilmasi va rivojlanishi yuzasidan qatnashchilar bo'yicha ma'lumotlar bankining yagona reestrlarini yuritish, hisobga olish va hisobotni tashkil etish, qimmatli qog’ozlar muomalada bo'lishini, qimmatli qog’ozlar bozori qatnashchilarining kasb faoliyatini tartibga solish;
  • qimmatli qog’ozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalash;
  • davlat boshqaruvi organlari, qimmatli qog’ozlar bozori qatnashchilari tomonidan qimmatli qog’ozlar bozori to'g’risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va qimmatli qog’ozlar bozori to'g’risidagi qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda ular bo'yicha ijro etish majburiy bo'lgan xulosalar va ko'rsatmalar berish, qonunni buzuvchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq sanksiyalar qo'llash;
  • qimmatli qog’ozlarning milliy va xalqaro bozorlarida o'zbek va xorijiy emitentlarning qimmatli qog’ozlari chiqarilishi va samarali muomalada bo'lishi uchun zarur huquqiy shart-sharoitlarni ta'minlovchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
  • qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar — investorlarning, shuningdek qimmatli qog’ozlar egalarining huquq va manfaatlarini himoya qilish;
  • qimmatli qog’ozlar bozorining ahvoli va uning qatnashchilari to'g’risida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilish;
  • qimmatli qog’ozlar bozorining samarali infrastrukturasini tashkil etishda qatnashish;
  • • O'zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, mahalliy boshqaruv organlarining, professional va noprofessional qatnashchilarning, ularning birlashmalari (uyushmalari)ning qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
Прочитано 128195 раз Последнее изменение Среда, 15 Апрель 2015 09:54